AsosiyJamiyat

Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining formasida “makulatura” to`plab yurgan ayol va erkak qamaldi

'Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining formasida “makulatura” to`plab yurgan ayol va erkak qamaldi'ning rasmi

20 aprel kuni soat 15.30 da 102 raqamiga fuqaro Sh.A. qo`ng`iroq qilib, ichki ishlar organlari xodimlarining formasini kiyib olgan erkak va ayol makulatura to`plab yurganlari haqida xabar berdi.
Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari zudlik bilan voqea joyiga etib borib, 45 yoshli Umirbek Xo`jaevni va muqaddam talonchilik va o`g`rilik uchun ikki marta sudlangan 36 yoshli Nadejda Samonovalarni qo`lga olishdi. Xodimlarga qarshilik ko`rsatmoqchi bo`lgan mazkur shaxslar haqiqatdan ham ichki ishlar organlarining xizmat kiyimini kiyib olishgan edi. Huquqbuzarlar Yakkasaroy tumani IIO FMB 2-son Ichki ishlar bo`limiga olib kelinib tekshirilganda ularning yonida ikkita pichoq borligi aniqlandi.
Yakkasaroy tumani IIO FMB U. Xo`jaev va N. Samonovalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 185-3-moddasi (“O`zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo`lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo`lishi”), 194-moddasi 1-qismi (“ Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) va 209-1-moddasi (“Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish”) alomatlari bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Yakkasaroy tumani sudi U. Xo`jaev va N. Samonovalarni qayd etilgan huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor deb topib, ularning har biriga 10 sutka ma`muriy qamoq jazosini belgiladi.

    Boshqa yangiliklar