AsosiyShou-biznes

Rayhon "vafodoridan" ayrildi

“Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotgan xonanda Rahon G`anieva o`zining “Instagram”dagi sahifasi orqali muxlislaridan yordam so`radi.

Ya`ni xonanda Ben laqabli kuchugining yo`qolib qolganini aytib, uni topganlarga mukofot berishini ma`lum qildi. 

“Ben laqabli 5 yoshli kuchugim yo`qoldi. Zoti-sariq retriver. Topganlardan mukofot evaziga qaytarib berishlarini so`rayman”, —deb yozdi xonanda.

Izohlarda esa xonandaning muxlislari kuchukning rasmini butun shahar bo`ylab tarqatib chiqish orqali uni topishga yordam berishlarini aytishdi.

    Boshqa yangiliklar