O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 20-25° iliqgacha isiydi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-24° iliqni tashkil etadi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.






