Bugun, 23 aprel kuni soat 05:40larda, Samarqand viloyati, Narpay tumani hududidan o`tgan M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo`lining 108-kilometrida, haydovchi, 1958 yilda tug`ilgan I.S. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli engil avtomobil hamda haydovchi, 1980 yilda tug`ilgan S.X. boshqaruvida bo`lgan "Isuzu" rusumli yuk avtomobili ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lib, "Isuzu" avtomobili yo`lni ajratib turuvchi to`siqqa urilgan va ag`darilgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
Mazkur YTH yuzasidan Narpay tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to`qnashuv sodir bo`lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.






