Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti hamda Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik o`z vaqtida fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabar berdi.
Qo`shni respublika hududidan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro S.M. boshqaruvidagi “Volvo FH” rusumli avtotransport vositasi sinchkovlik bilan bojxona ko`zdan kechiruvidan o`tkazilganida, transport vositasining salon qismida, haydovchi o`rindig`i orqasida hech qanday hujjatlari bo`lmagan, noqonuniy yo`llar bilan tayyorlangan 4 dona “40A770AA”, 2 dona “40A234AA” hamda 2 dona “01A755AA” qalbaki davlat avtoraqamlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.