AsosiyJamiyat

Senatning o`n to`rtinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi

'Senatning o`n to`rtinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi'ning rasmi

Bugun, 23 aprel kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n to`rtinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi.

Unda senatorlar, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a`zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o`tkazilayotgan yalpi majlisni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda ko`rib chiqiladigan masalalarning muhokamasini Senatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda “Uzreport” telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar