Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G`aniev xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi o`simlik yog`i va kungaboqar urug`i importiga hamda ichki bozorda realizasiyasiga belgilangan qo`shilgan qiymat solig`ini 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgacha bekor qilish bo`yicha Soliq kodeksiga o`zgartirish kiritish to`g`risida qonunni qabul qilib, Senatga yuborgan.






