AsosiyJamiyat

O`zbekiston Qahramoni, senator Hasan Normurodov vafot etdi

'O`zbekiston Qahramoni, senator Hasan Normurodov vafot etdi'ning rasmi

Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari, Oliy Majlis Senati a`zosi, O`zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov 23 aprel kuni 82 yoshida vafot etdi.

Hasan Norbekovich uzoq yillar xalq ta`limi tizimida ishlagan, keyinchalik «Nuroniy» jamg`armasi Samarqand viloyati bo`limi raisi sifatida vatanimiz taraqqiyoti, yoshlar tarbiyasi hamda mehnat faxriylarini ijtimoiy himoya qilish ishlariga katta hissa qo`shgan fidoyi inson edi.

H.Normurodov o`zining samimiyligi bilan nafaqat viloyat, balki respublikamizda jonkuyar mehnat faxriysi sifatida katta hurmat, e`tibor qozongan.
U 2019 yilda Prezidentimiz farmoniga ko`ra «O`zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan edi.

Tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlari va oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

 

    Boshqa yangiliklar