Avval xabar qilganimizdek, kecha 23 aprel kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n to`rtinchi yalpi majlisi bo`lib o`tdi.
Unda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2020 yildagi faoliyati to`g`risidagi hisoboti eshitildi.
Ssenatorlar tomonidan prokuratura organlarining amalga oshirgan ijobiy ishlari bilan bir qatorda faoliyatning ayrim yo`nalishlarida nazoratni yanada kuchaytirish lozimligi ta`kidlandi.
Qayd etilishicha, mamlakatimizda reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari ijrosini ta`minlashdagi kamchiliklar oqibatida o`tgan yilga nisbatan go`daklar o`limi 428 taga (6 432-6 860), onalar o`limi 10 taga (145-155) oshgan.






