AsosiyJinoyat

Andijonda dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Andijonda dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan navbatdagi qonunbuzilish holati fosh etildi. 

Olingan tezkor ma`lumotlarga asosan, Andijon shahrida fuqaro E.M. boshqaruvidagi “Lasetti 2” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.

Ko`zdan kechirish natijasida avtotransport vositasi salon qismida fuqaro E.M.ga tegishli bo`lgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 51,2 million so`mlik xorijda ishlab chiqarilgan 2000 dona “Tramadol 50 mg” va 8 dona “Tropikamid 1%” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar