Aktrisa Zarina Nizomiddinova ayol san`atkorlar orasida ishongan dugonasi yo`qligini tan oldi, deya xabar bermoqda “Daryo” nashri.
“Ha, san`atkorlar orasida birorta ham dugonam yo`q. Asosan erkak san`atkorlar — Shohruxxon, ‘Benomdagi yigitlar bilan do`stman”, — dedi aktrisa.
«Bir qozonda qaynayotganlarning haqiqiy do`st bo`la olishiga ishonmayman», — deya qo`shimcha qildi aktrisa Zarina Nizomiddinova.
Shuningdek, aktrisa “Aktrisalar orasida hech kimni o`zimga raqobatchi deb bilmasligim chin. Ammo bu mensimaslik emas. Ular men uchun hamkasb. Har birining ijodini hurmat qilaman”, — dedi.





