AsosiyShou-biznes

Shuhrat Qayumov shifoxonaga yotqizildi

22-23 mart kunlari galdagi jonli konsertini o`tkazishni rejalashtirayotgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Shuhrat Qayumov kasalxonaga tushib qoldi.

“Hozircha kuchli shamollash deb aytishmoqda shifokorlar, ammo hali aniq tashhis qo`yilmagan”, deydi Shuhrat Qayumovning o`zi.

Shuhrat Qayumov har gal konsertoldi qandaydir dardga chalinishini aytmoqda. 

“Konsertga tayyorlanishi kerak bo`lgan bir vaqtda, dard bilan kurashish juda qiyin”, - deydi u. 

Ayni damda u kasalxonada davolanish bilan birgalikda konsert dasturida ijro etadigan taronalar matnlarni yod olmoqda.

Fursatdan foydalanib, san`atkorga shifo tilaymiz!

Yodgorbek Yuksal

    Boshqa yangiliklar