Bu haqda O`zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida bo`lgan brifingda ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri.
"Davlat rahbari Yashnobod tumanida avval ahvoli og`ir bo`lgan Parvoz mahallasiga ham bordi. Bugun vaziyat butunlay o`zgargan. “Obod mahalla” siyosatini amalga oshirish natijasida bu mahallaning qiyofasi tubdan o`zgarib, aholining osuda yashashi va dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Hamma joy toza, tartibli.
Prezident mahalla bo`ylab yurib, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar va nuroniylar, ayollar, bolalar bilan suhbatlashdilar. Judayam bir samimiy muloqotlar bo`ldi.
Davlat rahbari mutasaddilarga ushbu Parvoz mahallasini namuna qilib olib, Toshkent shahridagi barcha 524 ta mahallani shunday obod qilish bo`yicha topshiriq berildi. Buning uchun har bir mahallaga, hozirgi holatidan kelib chiqib, o`rtacha 2 milliard so`mdan mablag` ajratish buyicha topshirik berdilar", - dedi Sherzod Asadov.






