Bankning Sirdaryo mintaqaviy filialida 81000 Evro miqdoridagi xorijiy valyutadagi qalbaki pul birliklari aniqlangan.
Mazkur holat bo`yicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga taqdim qilindi. Ayni paytda mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi ochilgan va surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari yakunlangach, qo`shimcha ma`lumotlar e`lon qilinadi.






