AsosiyJamiyat

EXHTning O`zbekistondagi koodinatori o`z missiyasini yakunlamoqda

'EXHTning O`zbekistondagi koodinatori o`z missiyasini yakunlamoqda'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Matbuot kotibining telegram kanalidagi ma`lumotga ko`ra, mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi tugayotgani munosabati bilan Jon MakGregorga Prezident Shavkat Mirziyoevning minnatdorlik maktubi o`qib eshittirildi.

Elchi yuksak e`tibor uchun davlatimiz rahbariga tashakkur izhor etdi.

Suhbatda Jon MakGregorning O`zbekistondagi faoliyati samarali bo`lgani, hamkorlikda ko`plab loyihalar amalga oshirilgani ta`kidlandi. Tajribali diplomatning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilab, ezgu istaklar bildirildi.

Eslatib o`tamiz, Jon MakGregor 2019 yil 1 sentyabr — Mustaqillik kunini nishonlash arafasida O`zbekiston Prezidenti uni «Do`stlik» ordeni bilan taqdirlagan. 

Jon Makgregor yaqinda EXHTning Turkmanistondagi missiyasining rahbari etib tayinlandi.

O`zbekistonda uning o`rnini shveysariyalik diplomat Per fon Arks egallaydi.

    Boshqa yangiliklar