Farg`ona davlat universitetining 2021 yil 26 aprel kungi Kengash yig`ilishi qaroriga muvofiq, infeksiya yuqtirib olish va virus tarqalishi xavfini oldini olish maqsadida 26 aprel sanasidan universitetda 14 kunlik karantin joriy etildi. Dars mashg`ulotlari ertadan - 27 aprel sanasidan boshlab onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bu haqda Universitet rasmiy saytida ma`lum qilindi.
Ta`kidlanishicha, karantin davrida oliy ta`lim muassasasi xodimlari, professor-o`qituvchilari va talabalari orasida koronavirus yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa, yana an`anaviy shaklga qaytilishi belgilangan.
Eslatib o`tamiz, bugun Samarqand shahardagi barcha maktab va maktabgacha ta`lim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etilgan edi.






