AsosiyJamiyat

Chirchiqda sudnning qarori bilan fuqaroning mol mulki olib berildi

'Chirchiqda sudnning qarori bilan fuqaroning mol mulki olib berildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Qibray tuman bo`limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo`yicha bo`yicha Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo sudining 22.02.2021 yildagi 2-1102-2003/5389-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor N.Duysenovdan, undiruvchi D.Duysenova  foydasiga Toshkent viloyati, Qibray tumani, Chingeldi M.F.Y, Aranchi ko`chasi 49-uyda saqlanib kelayotgan undiruvchiga tegishli bo`lgan 3-xonadan eshik pardalar, karnizlar, kir yuvish mashinasi, 6x3 xajmli jigarrang gulli gilam  va boshqa turdagi mol-mulklarni olib berish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga 02.04.2021 yil kuni kelib tushgan.

  Mazkur ijro hujjati O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning                         23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.

 Shuningdek, 05.04.2021 yil kuni tayinlangan majburiy ijro harakatlarida tuman IIB, tumani tibbiyot birlashmasi, Chingeldi M.F.Y raisiga hamda taraflar va xolislar ishtirokida qarzdor manziliga chiqilgan va davlat ijrochilari tomonidan sudd hujjatida sanab o`tilgan mol-mulklar undiruvchi D.Duysenovaga tilxat asosida olib berilishi ta`minlangan.

 

    Boshqa yangiliklar