AsosiyJamiyat

Andijonda xorijga chiqib ketayotgan ayolning paypog`i va kiyimining ichidan 25 ming AQSh dollari chiqdi

'Andijonda xorijga chiqib ketayotgan ayolning paypog`i va kiyimining ichidan 25 ming AQSh dollari chiqdi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan valyuta muomilasi bilan bog`liq navbatdagi xuquqbuzarlik o`z vaqtida fosh etilgan. Bu haqda Andijon viloyat bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston Respublikasidan Qirg`iziston Respublikasiga yo`l olgan fuqaro (1966 yilda tug`ilgan) I.Gningxarakatlari bejizga bojxona xodimlarida shubxa uyg`otmaganligi o`tkazilgan shahsiy ko`rikdan so`ng o`z tasdig`ini topdi. Gap shundaki, fuqaro I.G shaxsiy ko`rik so`nggiga qadar og`zaki so`rovda ham ma`lum qilinmagan o`ng oyog`ining to`piq qismida, ishtonining poychasi ichki qismidan 15 110 hamda chap oyog`ining tagida, paypog`ining ichidan  10 000 jami 25 110 AQSh dollari mablag`larini qonunga xilof ravishda bojxona chegaralari orqali olib o`tmoqchi bo`lganligi aniqlandi.Fuqaro I.G tomonidan uning oyoq qismiga yashirib olib o`tshga urungan ((rasmiy kurs bo`yicha 263 960 839,8 so`m) 25 000 AQSh dollari pul mablag`lari ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar