Avvalroq, Qashqadaryoda IIV xodimi jurnalistga qo`pollik qilgani va uning harakatlari o`rganilayotgani haqida xabar bergan edik.
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiningma`lum qilishicha, Qarshi shahar IIO FMB boshlig`ining o`rinbosari A.Shoymardanovning jurnalistga nisbatan qilgan hatti-harakatlari o`rganib chiqildi.
O`rganishlarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi 3413-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining “Intizom ustavi” va IIVning 2016 yil 30 iyun kunidagi 82-sonli buyrug`i bilan qabul qilingan “Ichki ishlar organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari”ning tegishli bandlari hamda IIO faoliyatini tartibga soluvchi me`yoriy buyruqlar talablarini qo`pol ravishda buzib, fuqarolarda IIOlariga nisbatan salbiy fikrlar uyg`onishiga sababchi bo`lgani uchun Qarshi shahar IIO FMB boshlig`ining o`rinbosari A.Shaymardanovga nisbatan “Qattiq hay intizomiy jazosi qo`llandi.
Shuningdek, shu kuni ob`ekt boshlig`i sifatida xizmat olib borgan A.Shaymardonovning topshirig`iga asosan O.Qo`ldoshevni 1-sonli IIBga olib borgan profilaktika inspektori va PPX bataloni bo`linma komandiri IIVning amaldagi me`yoriy buyruqlari talablari asosida harakat qilganligi ma`lum qilinadi.