AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalinib kasalxonaga yotqizilgan bemorlar ham vaksina qabul qiladimi?

'Koronavirusga chalinib kasalxonaga yotqizilgan bemorlar ham vaksina qabul qiladimi?'ning rasmi

Zangiotada davolanayotgan bemorlarga vaksinasiya qilinmaydi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ma`lum qildi.

Vaksinalar – kasallikni oldini olishga qaratilgan vositalar bo`lib, ularni inson organizmiga yuborish uchun eng muhim omil – sog`lom davrda bo`lishlikdir, ya`ni o`tkir yoki surunkali kasalliklarni tinch davrida emlashni o`tkazish kerak.  

Vaksinasiya ikki xil vaqtda:

  • koronavirus infeksiyasi bilan umuman kasallanmagan, ya`ni organizmga infeksiya tushmaganda;
  • inson organizmiga infeksiya tushgan, kasallanib tuzalgan va 3 yoki 6 yoki 9 oy o`tib, qonda kasallikka qarshi ishlab chiqilgan antitanachalar titri kamaygan yoki umuman tushib ketgan holatlarda emlashni o`tkazish tavsiya etiladi.  

Zangiotada koronavirus kasalligi bilan og`ir holatda davolanayotgan bemorlar organizmiga afsuski, infeksiya tushib bo`lgan va kasallik o`tkir yoki o`tkir osti davrida, shuningdek, bemorlar organizmida kasallik oqibatidan og`ir jarayon kechayotgan davri bo`lib, bu davrda emlash tavsiya etilmaydi.  

Organizmga koronavirus infeksiyasini tushishi, kasallikni boshlanishini bildiradi va bu bemorlarga bu vaqtda vaksinasiya emas, balki tasdqilangan protokollar asosida davolash muhimdir.  

Boshqa yangiliklar