Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, 15 va 49 yoshidagi xotin-qizlarning 25 foizidan ko`prog`i hayoti davomida jismoniy yoki jinsiy zo`ravonlikka duch kelishadi. Ushbu zo`ravonliklarning 33 foizi Janubi-sharqiy Osiyo hududiga to`g`ri kelmoqda.
Bosh prokuratura o`z xisobotida, 2020 yilda nomusga tegish holatlari 27,7 foizga oshganligini bayon qilgan.
Ombudsman axborot xizmati ma`lum qilishicha, 2021 yilda Ombudsmanga xotin-qizlar tomonidan 20 ga yaqin jinsiy va jismoniy zo`ravonlik, ruhiy tazyiq o`tkazish bilan bog`liq holatlari bo`yicha murojaat kelib tushgan. Ularning aksariyati Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga to`g`ri keladi.
Ombudsman barchani, shu jumladan xalq ichida yurib, ular dardini ko`tarayotgan jurnalist va blogerlarni bunday salbiy holatlar bilan kurashishga chaqirib, ular bilan har doim hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.






