Samarqand viloyatida 30 yoshli Q.Ozodjon tanishi 28 yoshli R.Feruzaning nojo`ya ko`rinishdagi suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan. U Feruzadan ushbu suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yubormasligi evaziga 1 500 000 so`m pul talab qilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
2021 yilning 23 aprel kuni soat 13:00 da Narpay tumani A.Temur mahallasidan oqib o`tuvchi “Qoziariq” kanalining yonida Ozodjon ushbu pullardan 1 000 000 so`m pullarni tovlamachilik yo`li bilan olayotgan vaqtida tuman IIB JQB xodimlari tomonidan qo`lga olinib, undan kimyoviy ishlov berilgan 1 000 000 so`m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Q.Ozodjon 2021 yil aprel oyining boshlarida R.Feruzaning nojo`ya ko`rinishidagi rasmlarini telefonidan o`chirib tashlash evaziga 300 000 so`m pullarni tovlamachilik yo`li bilan olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Q.Ozodjonga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov davom etmoqda.






