Qoraqalpog`iston Respublikasi «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog`i xodimlari Sariqamish ko`lida monitoring ishlarini olib borayotganda flamingolar galasiga duch kelishdi. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
«Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog`i axborot xizmatining xabariga ko`ra, tabiatning bu mo``jizasi kamayib bormoqda. O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ushbu qush Orol dengizining janubiy qirg`og`i va Amudaryo suv havzalarida, shuningdek, Sirdaryo va Zarafshon hududlarida uchraydi. Uning dunyodagi populyasiyasi 545-680 mingta atrofida.






