AsosiySport

Neymarning 3,8 mln dollarlik vertolyoti musodara qilindi

"Barselona" hujumchisi Neymarning shaxsiy vertolyoti Braziliya hukumati tomonidan musodara qilindi. Bu haqda ispan nashrlari xabar bergan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, futbolchi "Santos" klubida to`p surgan vaqtlarida soliq to`lamagan va soliq qarzi hozirgi kunda 16 mln dollarni tashkil qiladi. Shu sababdan,  mamlakat hukumati uning 3,8 mln dollarlik vertolyotini musodara qilgan.  

Bundan avval, Neymarning bir qator mol-mulki, shaxsiy samolyoti va yaxtasi musodara qilingandi.  Uning soliq to`lashdan bosh tortayotgani borasidagi surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar