Xo`jaobod tumanidagi o`rta maktabning 10-sinf o`quvchilari 2004 y.t. M.U. hamda 2004 y.t. N.M. 2 nafar fuqaroga 110.000 so`mga "PSR (covid-19 tahlil ma`lumotnomasi) qilib beramiz”, deb ulardan fuqarolik pasportini olib, 20 daqiqadan so`ng 2 dona “covid-19” tahlil ma`lumotnomasini olib kelib bergan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada ikki o`smir 110.000 so`m pullarni olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ushlangan.
Tadbir davomida M.U.ning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganida 45 dona Andijon viloyati SEOM g`azna kirim orderi (Forma №KO) blankasi, 30 dona Koronavirus (COVID-19) infeksiyasiga tekshirilgan test natijasi haqida ma`lumotnoma blankasi hamda 1 dona “ASER” noutbuk va 1 dona “ERSON” rangli printerlar borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






