AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi birinchi xususiy aviakompaniya o`zining ilk samolyotini olib keldi

'O`zbekistondagi birinchi xususiy aviakompaniya o`zining ilk samolyotini olib keldi'ning rasmi

26 aprel kuni “Qanot Sharq” xususiy avikompaniyasining ilk samolyoti Toshkent shahriga qo`ndi. Xususiy kompaniyaning ilk samolyotini tantanali kutib olish marosimiga bag`ishlangan tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etdi. 

Qayd etilishicha, samolyot 26 aprel kuni soat 14:20lar atrofida Toshkentga qo`ndi.

Samolyotni kutib olishga bag`ishlangan tadbirda ishtirok etayotgan bosh vazir o`rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovga ko`ra, aviasiya sohasida monopoliyaga barham berildi.

«Airbus A320 rusumli samolyot etib keldi. Keyingi 20 kun davomida ikkinchisi ham etib keladi va yil yakuniga qadar Airbus A330 rusumli ikkita samolyot etib kelishi kutilmoqda. Yaqin bir-ikki yil davomida qo`shimcha yana samolyotlar olinib, aviakompaniya parkida uchta Airbus A320 va uchta Airbus A330 samolyotlari mavjud bo`ladi. Aviasiya sohasida monopoliyaga barham berildi. Qanot Sharq O`zbekistonda Uzbekistan Airways’ga birinchi raqobatbardosh aviakompaniya bo`ladi», dedi bosh vazir o`rinbosari.

    Boshqa yangiliklar