AsosiyJamiyat

Kommunal xizmatlar uchun aholidan undirilgan pullarni talon-toroj qilgan shirkat rahbari qo`lga olindi

'Kommunal xizmatlar uchun aholidan undirilgan pullarni talon-toroj qilgan shirkat rahbari qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat “Yagona hisob-kitob markazi” murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

“Q.K.” XUJMSh rahbari X.Q. va boshqalar shirkat tomonidan ko`rsatilgan kommunal xizmatlar uchun shirkatga qarashli 17 ta ko`p qavatli uyda yashovchi aholidan 2020 yilda uy-joy kommunal xizmati uchun yig`ilgan 201,5 mln so`m naqd pullarni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar