2021 yil 26 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 89630 (+275) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 4 nafari Andijon viloyatida,
- 2 nafari Buxoro viloyatida,
- 5 nafari Jizzax viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 7 nafari Namangan viloyatida,
- 35 nafari Samarqand viloyatida,
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 3 nafari Farg`ona viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 55 nafari Toshkent viloyatida,
- 141 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 646 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2804 nafar bemor davolanmoqda.






