Joriy yilning 25 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyati Pop tumani Chodak qishlog`idagi 86 yashar cholni IIB xodimlari qo`liga kishan solib olib ketib 2 kun ushlab turishdi” izohi bilan axborot tarqalgan edi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu xabarlar hech qanday faktlarga asoslanmagan, yolg`on axborotdir. Bayonotga ko`ra, Pop tuman IIB xodimlari tomonidan bunday holat sodir etilmagan.






