O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi PQ-5047-son “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovasion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi markaziy apparatining yangi tuzilmasi tasdiqlangan.
Innovasion rivojlanish vazirligining ma`lum qilishicha, shu munosabat bilan Shahloxon Utkurovna Turdiqulova O`zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vazirining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Olimjon Alijonovich To`ychiev O`zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vazirining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.






