AsosiyJinoyat

Karmana tumanida qalbaki pullarning muomalaga kirishi oldi olindi

'Karmana tumanida  qalbaki pullarning muomalaga kirishi oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.I. va uning 2 nafar sherigi Karmana tumanidagi 4 nafar tadbirkorning savdo do`konlarida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, evaziga  4 dona 100 ming so`mlik kupyuradagi qalbaki 400 ming so`m berganliklari, shuningdek A.I.ning yonida yana 1 dona 100 ming so`mlik va 8 dona 50 ming so`mlik kupyuradagi qalbaki pullar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ekspertiza xulosasida, ushbu qalbaki pullar kompyuter texnikasi yordamida tayyorlanib, rangli printerda chop etilganligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan A.I. va boshqalarga  nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda

Boshqa yangiliklar