Toshkent shahar IIBB fuqarolardan bedarak yo`qolgan bir guruh shaxslarning qidiruvida ko`mak berishini so`ramoqda.
1985 yilda tug`ilgan Sarsenbaev Allambergen Erejepovich joriy yilning 8 aprel kuni soat taxminan 16.00 da Chilonzor tumanida joylashgan savdo markazidan chiqib, noma`lum tomonga harakatlanib ketgan.
Belgilari: bo`yi 165-170 sm, gavda tuzilishi o`rtacha, sochlari kalta qora.
Egnida: qora kurtka, qora shim va etik bo`lgan.
1960 yilda tug`ilgan Axmedova Xolida Raxmanqulovna joriy yilning 20 aprel kuni soat taxminan 06.30 da Yangihayot tumani, Dustlik 1 manzili bo`yicha joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo`yi 160-165 sm, to`lachadan kelgan, sochi qora, kuz qoshi qora, yuzining o`ng tomonida qora xoli bor.
Egnida: jigar rang ro`mol, to`q ko`k uzun ko`ylak va qora rezina shippak bo`lgan.
1947 yilda tug`ilgan Mochalov Vladimir Ivanovich, 2020 yilning oktyabr oyida Olmazor tumani, Qora-qamish 2/4 manzili bo`yicha joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo`yi 175-180 sm, gavda tuzilishi o`rtacha, oq sochli, kuzlari qora.
Egnida: kepka, djinsi shim va qora tufli bo`lgan.
1972 yilda tug`ilgan Malikov Shukurillo Sultonovich, 2020 yilning noyabr oyida Mirzo-Ulug`bek tumani, “Mag`rur” ko`chasida istiqomat qilib kelgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo`yi 170-173 sm, ozg`indan kelgan, sochi qora, o`ng qo`lida chandig`i bor.
Egnida: kul rang djemper, ko`k djinsi shim va qora krossovka bo`lgan.
"Hurmatli fuqarolar! Agar siz yuqorida keltirilgan shaxslar haqida biron bir ma`lumotga ega bo`lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo`limiga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni so`raymiz",–deyiladi IIBB xabarida.






