Prezidentning 2016 yil 28 dekabrdagi farmoniga muvofiq ta`sis etilgan “Mehnat faxriysi” (I darajali, oltin yulduz) ko`krak nishoni bilan bir guruh jurnalistlar ham taqdirlandi. Bu haqda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi xabar berdi.
Jumladan, Mixli Safarov, San`at Mahmudova, Gulchehra Jo`raeva, Ahmadjon Meliboev, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi Axbor Imomxo`jaev, senator Farmon Toshev, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist O`tkir Rahmatov, Muhammadjon Obidov, Mamatqul Hazratqulov, Qoraqalpog`iston xalq shoiri, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Kenes Karimov, Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilari Farida Usmonova va boshqa taniqli jurnalistlarning ushbu ro`yxatdan joy olgan.
Taqdirlanganlarga ko`krak nishoni, ular yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklariga o`rnatiladigan belgi hamda bir yo`la to`lanadigan pul mukofoti tantanali topshiriladi.






