O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 28 aprelda kunduz kuni respublika hududiga Erondan issiq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo 30-35° gacha, janubda va cho`l hududlarida 36-38° gacha isiydi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli va issiq bo`ladi. Kunduzi termometr ustuni 34° ga ko`tariladi.
Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 20-25° bo`ladi.






