AsosiyJamiyat

"Qiyin paytda Rasulni qo`llab quvvatlaymiz". Alisher Qodirov Rasul Kusherbaev ustidan Odob komissiyasiga qilgan murojaatini qaytib olmoqchi

'"Qiyin paytda Rasulni qo`llab quvvatlaymiz". Alisher Qodirov Rasul Kusherbaev ustidan Odob komissiyasiga qilgan murojaatini qaytib olmoqchi'ning rasmi

Kecha, faol deputat Rasul Kusherbaev uchun og`ir kun bo`ldi. Xususan, Davlat soliq qo`mitasi Rasul Kusherbaevni soliq organlariga 4,6 mlrd. so`m miqdorida zarar etkazganlikda ayblab, uni sudga berdi. Shuningdek, kecha bo`lib o`tgan Qonunchilik palatasi yalpi majlisida davlat hokimiyati organlarining noqonuniy qurilishlarni buzish bo`yicha qarorlarini sudga berishda davlat bojini to`lash yoki to`lamaslik borasida deputat Alisher Qodirov bilan keskin bahs bo`lgan va Qodirov hamkasbining keskin so`zlari uchun Odob komissiyasiga murojaat qilgan. Biroq, endi "Milliy tiklanish" rahbari bu murojaatini qaytarib olib, Kusherbaevni qo`llab-quvvatlamoqchi.

"Bugungi yalpi majlisda men bilan Rasul Kusherbaev o`rtasida bo`lib o`tgan tortishuv juda ham normal holat.  

Tortishuv mavzusi davlat hokimiyati organlarini noqonuniy qurilishlarni buzish bo`yicha qarorlarini sudga berishda davlat bojini to`lash yoki to`lamaslik xaqida edi. Menga qolsa sudga murojaat uchun umuman to`lovlarni har qanday shakli bekor qilinishi kerak, adolatni izlash tortishuvlari faqat va faqat sudda bo`lsin. Sud hamma uchun oson ochiladigan eshik bo`lsin. Rasul esa bu norma hokimiyatlarni noqonuniy buzish ishlarini yanada rag`batlantiradi degan xulosada. Tortishuv shu nuqtada bo`ldi.  

Davlat Soliq qo`mitasi bilan Rasul o`rtasidagi nizodan xabarim yo`q edi, asabiy bo`lishga asosi bor. Bizni tortishuvimizdagi keskin so`zlari uchun men ham Odob komissiyasiga murojaat qilganim rost. Lekin bu chaqiruvimni qaytib olaman. Qiyin paytda Rasulni qo`llab quvvatlaymiz. Hamkasbimizni sudga jalb qilinishiga rozilik bermoqchi emasmiz.  

Bugun Hukumatni hisobotini eshitdik. Murakkab sharoitda Hukumat ham noan`anaviy ishlashni o`rganayapdi. Parlament ham erkin muhitda ishlashni endi o`rganayapdi. Qo`polroq gapirgani uchun Parlament a`zosini javobgarlikka tortilishi demokratik islohotlarimizning ruhiga mos emas.  

Qancha tortishsak ham maqsadimiz bitta - O`zbekistonimiz rivojlanishi kerak!" - deya yozib qoldirgan Alisher Qodirov. 

    Boshqa yangiliklar