Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 26 aprel kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida 21 yoshli qiz o`zini kanalga tashlagan edi.
Mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tomonidan o`rganib chiqildi, deya xabar berdi Senat Axborot xizmati.
Unga ko`ra, 2021 yil 26 aprel kuni soat 08:30lar chamasida Nukus shahar «Jiydeli baysn» MFYda yashovchi 2000 yilda tug`ilgan fuqaro N.D. o`z joniga qasd qilish maqsadida Nukus shahridagi “Do`stlik” kanaliga o`zini tashlagan. Shu joyda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimi qizni qutqarib qolgan. N.D.ga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. Hozirda fuqaro N.D. o`z uyida va sog`lig`i bo`yicha hech qanday shikoyati yuq. O`z joniga qasd qilish sabablari o`rganilib chiqilganda, qiz hech qanday tazyiq ostida bo`lmaganini, oilasida ham hech qanday janjal yo`qligini va o`zining tanish o`rtog`i bilan gap tortishib qolganligini aytib o`tgan.
Fuqaro N.D. Nukus shaxrida oilasi bilan birgalikda yashaydi. 2017 yilda N.D. Nukus shahar IIB tomonidan profilaktik hisobga olingan.






