AsosiyJamiyat

Oqdaryo tumanida aholi bandligini ta`minlash uchun ajratilgan mablag` talon-toroj qilindi

'Oqdaryo tumanida aholi bandligini ta`minlash uchun ajratilgan mablag` talon-toroj qilindi'ning rasmi

Oqdaryo tumanida aholi bandligini ta`minlash uchun ajratilgan subsidiya mablag`larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazi mas`ul shaxslari “O.I.” MChJ va “S.O.” ishlab chiqarish kooperativi rahbarlari bilan oldindan til biriktirib, kam ta`minlangan oilalarni bandligini ta`minlash uchun ajratilgan 309,7 mln so`m subsidiya mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar