Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo`limi tomonidan ATB “Mikrokreditbank” Karmana filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, filialning sobiq etakchi mutaxassisi F.F. va “L.B.” MChJ, “Z.Ch.” fermer xo`jaligi rahbarlari fuqarolarning nomiga ularning xabardorligisiz jami 175,5 mln so`m imtiyozli kreditni rasmiylashtirib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Xatirchi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “Asakabank” AJning Navoiy filiali mutaxassisi Sh.Sh. va boshqalar 191 ta holatda mijozlardan qabul qilingan 142,9 mln so`mni kredit qarzdorligini so`ndirishga yo`naltirmasdan, o`zlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.