Joriy yil 25 aprel kuni soat 12:45 larda, Namangan shahrida yashovchi 1978 yilda tug`ilgan fuqaro «KIA BONGO III» avtomashinasida, Yangiqo`rg`on tumanidagi xususiy tadbirkorning uyiga avtomashina yukxonasidan muzqaymoqlarni tushirib, qaytib ketayotganida mashinani orqa tomonga harakatlantirgan vaqtida, uy orqa tomonida yurgan uy egasining 2 yoshli o`g`lini bosib yuborgan. Natijada, bola voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






