Shahrisabz tuman Elektr ta`minoti korxonasi boshlig`ining pora olish bilan bog`liq jinoyati fosh etildi. Bu haqda osh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Shahrisabz tuman Elektr ta`minoti korxonasi boshlig`i U.B. fuqaro D.ni korxonaga ishga qabul qilish evaziga 2021 yil 24 mart kuni pora tariqasida olgan 400 AQSh dollarini o`zining haydovchisi B.R. orqali fuqaro D.ga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan U.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






