Turkiya hukumati chet ellik mehmonlarni diqqatga sazovor joylarga sayohat qilish va muzeylarni ziyorat qilishda to`siq qo`ymaslikka va`da bermoqda, deya yozdi ria.ru ATORga tayanib.
Turizm vaziri Mehmet Ersoy 29 apreldan 17 maygacha bo`lgan dam oluvchilarni aniq nima kutayotganini aytdi. "Amaldagi cheklovlar mehmonlarga ta`sir qilmaydi. Ular uchun muzeylar va tarixiy joylar ochiladi", dedi u.
Ushbu ma`lumot Turkiya sayohat agentliklari assosiasiyasiga (TURSAB) asos bo`lgan kompaniyalar vakillari tomonidan tasdiqlangan. "Turkiya hududida chet ellik sayohatchilarning harakatlanishiga cheklovlar qo`yilmagan. Ekskursiyalar davom etadi, shu jumladan muzeylarga tashriflar va arxeologik qazishmalar", - deya tushuntirdi turistik biznes vakillari.
Ersoyning so`zlariga ko`ra, blokirovka paytida chet elliklar joylashadigan mehmonxonalar barcha epidemiologik protokollarga mos keladi va xavfsiz turizm sertifikatiga ega. Ushbu mehmonxonalar oyiga kamida to`rt marta sanitariya talablariga muvofiqligi va egalarini oldindan ogohlantirmasdan tekshiriladi.
Eslatib o`tamiz, Turkiya hukumati 29 apreldan 17 maygacha mamlakatda to`liq karantin qilishni qaror qilgan.






