Senat Yalpi majlisida ma`qullangan qonunga ko`ra, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 128-6-moddasidagi (transport vositalari haydovchilari tomonidan to`xtash yoki to`xtab turish qoidalarini buzganlik) jarima miqdori BHMning 3 baravaridan (735 ming so`m) 2 baravariga (490 ming so`m) qisqarmoqda.
Shuningdek, takroran sodir etilgan noto`g`ri «parkovka» uchun yuqori miqdordagi jarima solish tartibi bekor qilinmoqda. Ya`ni ilgari bir marta jarima qo`llangandan keyin 1 yil ichida yana takroran sodir etilsa 3 mln 675 ming so`mgacha jarima solinar edi.
Endi necha marta qoida buzilganidan qat`i nazar bir xil - BHM 2 baravari (490 ming so`m) miqdorida jarima solinadi.
Qonun Prezident tomonidan imzolanib, e`lon qilingach kuchga kiradi.






