AsosiyJamiyat

"Buxoro" xalqaro aeroporti rahbari o`zgardi

'"Buxoro" xalqaro aeroporti rahbari o`zgardi'ning rasmi

Kecha, 28-aprel kuni "O`zbekiston aeoportlari" AJ boshqaruv raisi Ra`no Jo`raeva va boshqaruv kengashi a`zolari rahbarligida "Buxoro" xalqaro aeroporti rahbariyati ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi Axborot xizmati.

Tadbirda aeroportning raqobatbardoshligini oshirish va xarajatlarni optimallashtirish dasturini amalga oshirish, shuningdek, aeroportni yanada rivojlantirish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar masalasi ko`rib chiqildi.

Keng qamrovli ko`rib chiqish natijalariga ko`ra "Buxoro xalqaro aeroporti" MChJning yagona asoschisi aeroport direktorini almashtirish va uni direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlash to`g`risida qarorlar qabul qilindi. "Buxoro" xalqaro aeroporti direktori Rahimov Jahongir Qahramonovich, 1977 yilda tug`ilgan, "Buxoro" xalqaro aeroportida 20 yil davomida ishlagan.

Yangi tayinlangan vazifasini bajaruvchi Direktorga yangi shtat jadvalini joriy etish va "O`zbekiston aeroportlari" AJ rahbariyati bilan kelishilganidan so`ng asosiy lavozimlarga menejerlarni tayinlash to`g`risida ko`rsatma berildi.

Bundan tashqari, yig`ilishda aeroportning ekspluatasiya faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, xodimlar sonini optimallashtirish va samaradorlik ko`rsatkichlari asosida ish haqi to`lashning yangi tizimini joriy etishni ta`minlaydigan yangi kadrlar tarkibi taqdim etildi.

Yangi rahbariyat tomonidan ishlab chiqarish-xo`jalik faoliyatini tubdan takomillashtirish, noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va yo`lovchilar va samolyotlarga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash bo`yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar