AsosiyJamiyat

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi birja orqali paxta yog`ini sotib olishga cheklov qo`ydi

'Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi birja orqali paxta yog`ini sotib olishga cheklov qo`ydi'ning rasmi

 Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning mart-aprel oylarida kungaboqar va paxta yog`lari narxlari keskin oshganligi muhokama qilinmoqda.

Ma`lum qilishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan ichki bozorda o`simlik yog`i mahsulotlari narxlari o`zgarishi tahlil qilib borilmoqda.

Sanitariya qoida va me`yorlariga muvofiq respublika bo`yicha yiliga 300 ming tonnadan ortiq o`simlik yog`i talab etiladi.

2020 yilda aholi iste`moli uchun 450 ming tonnadan ziyod o`simlik yog`i muomalaga chiqarilgan bo`lib, shundan yarmidan ortiqrog`i import qilingan.

Ichki bozorlarda narxlar keskin o`sishiga birinchi navbatda tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o`tgan hosil yilida etishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo`lishi munosabati bilan asosiy etkazib beruvchilardan bo`lgan qo`shni davlatlarda kungaboqar yog`i va urug`i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta`sir etgan.

Qo`mita bergan xabarga ko`ra, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog`i va urug`i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog`i narxlariga ham bevosita o`z ta`sirini ko`rsatdi.

Shu bilan birga, mahsulotga bo`lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif etarli darajada ekanligi ham ma`lum bo`lgan.

Yuqoridagilarga asosan, ichki bozorda o`simlik yog`i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko`rayotganligi ma`lum qilindi.

 


 

    Boshqa yangiliklar