Rossiya Federasiyasining Krasnoyarsk o`lkasida ishlash imkoniyati cheklanib, murakkab vaziyatda qolganligi sababli www.birgamiz.com platformasi orqali murojaat yo`llagan Sirdaryo viloyatidan V.G va uning farzandi Xalqaro migrasiya tashkilot (XMT)ning mablag`lari hisobidan va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ko`magida O`zbekistonga olib kelindi. Bu haqda agentlikning rasmiy kanalida ma`lum qilindi.
Moliyaviy murakkab vaziyatda qolgan fuqaroni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va XMT mas`ul xodimlari kutib oldi. Fuqaro yashash manziliga kuzatildi.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, bugungi kunga qadar XMT mablag`lari hisobidan 112 nafar fuqaro Vatanga qaytarildi.






