AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 650 mingga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlandi

'O`zbekistonda 650 mingga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlandi'ning rasmi

SSV bergan ma`lumotga ko`ra, 28 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo`ylab  jami 46 317 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi.  

️Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 646 696 nafarga etdi.  

28 aprel kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Farg`ona viloyati (7446 nafar),
  • Andijon viloyati (4986 nafar),
  • Toshkent viloyati (4532 nafar),
  • Namangan viloyati (4415 nafar),
  • Surxondaryo viloyati (4138 nafar) band qildi.  

 

E`tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg`ona viloyatida 88320 nafar,  
  • Namangan viloyatida 66690 nafar,  
  • Samarqand viloyatida 63784 nafar,
  • Andijon viloyatida 63012 nafarni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

 

    Boshqa yangiliklar