O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, 30 aprelda Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-21°, kunduzi 26-28° bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 25-30° bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 27-32° bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo, VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, kechga tomon ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 25-30° bo`ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 31-36° bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 17-22° bo`ladi.






