Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga o`zbekistonlik mehnat migranti shikoyat bilan murojaat qildi.
Ma`lum bo`lishicha, mazkur fuqaro 6 oy oldin Rossiya Federasiyasining Rostov viloyatiga Belarus davlati orqali kelib “XIMPEK” korxonasiga ishlagan.
So`nggi paytlarda salomatligi yomonlashib ishlay olmagan va ish beruvchidan pasportini so`ragan. Ish beruvchi hujjatni qaytarishdan bosh tortgan. Shundan keyin fuqaro Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga huquqiy yordam so`rab murojaat qilgan.
Vakolatxona xodimlari tomonidan ish beruvchi vakillari bilan muzokaralar olib borilib, natijada fuqaroga pasport qaytarildi.






