Sog`liqni saqlash vazirligi aholining xavf osti guruhlarining koronavirusga qarshi emlash ko`rsatkichlari shu yilning 28 aprelgacha bo`lgan holatga ko`ra quyidagilarni ma`lum qildi:
- 65 yosh va undan katta fuqarolar — 336656 afar;
- tibbiyot xodimlari — 258913 nafar;
- maktab o`qituvchilari — 30502 nafar;
- maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari — 11465 nafar;
- surunkali kasalligi bor fuqarolar — 9160 nafar
Shu kungacha vaksina qabul qilgan fuqarolarning 318 460 nafari AstraZeneca, 326 981 nafari ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan. Shuningdek, yaqinda yurtimizga olib kelingan "Sputnik V" vaksinasi bilan 1255 nafar 65 yoshdan oshgan fuqaro emlangan.






