Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Oqoltin tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Oqoltin tuman o`quv-sport texnika klubi xodimi B.D. fuqaro X.ga o`quv mashg`ulotlarida qatnashmagan bo`lsada, unga tanishlari orqali ushbu o`quv markazidan “V” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 350 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan B.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






